Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Turkistonlik ulug' alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili.

Similar presentations


Presentation on theme: "Turkistonlik ulug' alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili."— Presentation transcript:

1

2

3 Turkistonlik ulug' alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining o ʻ g ʻ li Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi.astronomiyamatematika geodeziyageografiyamineralogiya

4

5 Beruniyning boy ilmiy merosi hali to ʻ la o ʻ rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta ʼ limotlari bo ʻ yicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.EvklidPtolemeyning995-yilgacha Olimning ana shunday asarlaridan biri “Geodeziya” 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar “shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash”ga doirdir.

6

7 Fors tilida yozilgan „ Kitob al-Tafhim “ da Beruniy tomonidan keltirilgan Oyning turli xil fazalari Oyning

8 Bag ʻ dodda tashkil topgan „ Donishmandlik uyi “ nomli o ʻ sha davrning fanlar akademiyasida O ‘ rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg ʻ oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu „ Donishmandlik uyi “ ning a ʼ zosi bo ʻ lib, u yerda 7 yil ishlagan.

9

10 Abu Rayhon Beruniy Yerning kattaligini o ʻ lchashda yangi usul qo ʻ llab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radiusini o ʻ sha davr uchun aniq o ʻ lchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan.

11

12 Beruniy o ʻ lchab topgan qiymatlar bo ʻ yicha o ʻ ziga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi 12803337,036 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini e ʼ tiborga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniy hisobicha, 6315,886 kilometr bo ʻ ladi. Bu raqam hozirgi vaqtda olingan qiymatdan juda kam farq qiladi, ya ʼ ni xatolik radius uzunligining 0,9 foizini tashkil etadi. So ʻ ngra Beruniy shu 320 001 kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi 223550,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanini hisoblab chiqadi.

13 Beruniyning Arximed teoremasiga doir fikrlari

14

15

16 Bu raqamni hozirgi davrda aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110,885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan ming yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma ʼ lum bo ʻ ladi. Beruniy bunday deydi: “Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya ʼ ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko ʻ paytir, hosil bo ʻ lgan ko ʻ paytmani 7 ga bo ʻ l, shunda sen o ʻ lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi”.

17 Beruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14… ni ifodalaydi. Shunday qilib, Beruniy shaxsan o ʻ zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G‘aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201. Uning hisoblashiga ko ʻ ra, Buxoro shahrining kengligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq qiladi.

18

19 Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o ʻ rganish, uni o ʻ quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o ʻ rta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi o ʻ sha davrning deyarli barcha fanlariga qo ʻ shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo ʻ ladi. Beruniyning olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I. Krachkovskiy „uning qiziqqan ilm sohalaridan ko ʻ ra qiziqmagan sohalarini sanab o ʻ tish osondir“ deb baho bergan edi.

20 Beruniyning 1017—1048 yillarda G ʻ aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo ʻ lishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun mahsuldor davr bo ʻ ldi. U Mahmud G ʻ aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e ʼ tibor berdi. Yerning aylana uzunligini o ʻ lchash

21 Abu Rayxon Beruniy 1048 yili G ʻ aznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qo ʻ sha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning vatani O ʻ zbekistonda alohida e ʼ tibor qozongan.

22

23 E’tiboringiz uchun raxmat!


Download ppt "Turkistonlik ulug' alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili."

Similar presentations


Ads by Google