Presentation is loading. Please wait.

Presentation is loading. Please wait.

Shaxsning psixologik xususiyatlari.Temperament.Xarakter. Qobiliyat Guruh Rizayeva Marjona.

Similar presentations


Presentation on theme: "Shaxsning psixologik xususiyatlari.Temperament.Xarakter. Qobiliyat Guruh Rizayeva Marjona."— Presentation transcript:

1 Shaxsning psixologik xususiyatlari.Temperament.Xarakter. Qobiliyat. 2118-Guruh Rizayeva Marjona

2 Shaxsning individual xususiyatlariga: 1.Temperament. 2.Xarakter. 3.Qobiliyat.

3 Temperament o’zi nima? Temperament – (lot. «temperamentum» - aralashma) inson psixikasining individual jihatdan o`ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya’ni o`zgaruvchan va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari aslida - tug`ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo`lgani uchun ham ma’lum ma’noda dinamik ko`rinishda bo`ladi. Shu bois, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimiga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak.

4 SangvinikHolerik FlegmatikMelanholik Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham bevosita bogliqdir. Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini ko`rib chiqamiz. Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460 – 356 yillarda) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament” tushunchasi paydo bo`lgan va temperament turlarining nomlari shu kunga qadar saqlanib qolgan. Gippokrat fikricha inson organizmida 4 xil suyuqlik mavjud: safro (yunon - “chole”), qon (lotin - “sangius”), qora o`t (yunon - “meliane chole”), shilimshiq ( yunon - “‘hlagma”). Har bir suyuqlik o`z xususiyati va o`rniga ega.

5 Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo`lib, atrog`dagi narsalar, insonlar diqqatini tez jalb etadi. U imo- ishoralarni ko`p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg`iyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas.

6 F l egmatik - senzitivligi sust, his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jaxlini chiqarish, kayg`iyatini bo`zish qiyin bo`lib, ko`ngillsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, kam harakat, imo- ishorasi, mimikasi ko`zga yaqqol tashlanmasada, lekin serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatlidir. Uning nutq va harakat sur’ati sust.

7 Melanholik - senzitivligi yuksak, tortinchoq, g`ayratsiz, arazchan, xafaqon, jimgina yig`laydi, kam kuladi, qat’iyligi va mustaqilligi zaig`, tez toliqadi, ishchan emas. Diqqati barqaror, his- tuyg`usi sust o`zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori senzitivlik, yuqori tuyg`uga beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo`ladi. Mimika va jestlar yaxshi namoyon bo`lmaydi. Sust faollik. O`z-o`ziga ishonch yo`q, arzimagan narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat’iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati tez bo`ziladi.

8 Holerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega bo`lib, juda faol va reaktivdir. Ko`pincha reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik, serzardalik va giperaktivlikni kutilmaganda portlovchi, qiziqqon, betoqatlikni namoyon qiladi.

9 Temperament va xarakter bir- biri bilan bog‘liq holda insonlarda o‘ziga xos xarakter xususiyatini namoyon etadi. Temperamentning ba’zi bir jihatlari xarakter xususiyatlarini namoyon etishda xizmat qiladi. Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulqatvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha shaxsning o`ziga xos bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan ko`rish imkonini beradi.

10 E’tiboringiz uchun rahmat


Download ppt "Shaxsning psixologik xususiyatlari.Temperament.Xarakter. Qobiliyat Guruh Rizayeva Marjona."

Similar presentations


Ads by Google